Bu yerning eshiklari dunyo goʻzallari va sahro tulkilari uchun OCHIQ. Uchrashuv joyida VALS bor-yoʻqligini esa aniq ayta olmaymiz. Gap nima haqida ketayotganini topishda sizga birinchi jumladagi bir soʻzning inglizcha tarjimasida bir harfni almashtirish yordam berishi mumkin. 1 daqiqa davomida bu yerning nomini javob kartangizga yozing.