BU ziyoratgoh haqidagi rivoyatlardan birida, bir bahodir butun boshli qoʻshin koʻtara olmaydigan toshni yelkasiga tashlab, yoʻldagi turli toʻsiqlarga qaramay, yukni biron marta tushirib yubormay manzilgacha koʻtarib borgani aytiladi. Manzilda tosh ustiga tumshugʻida CHINOR kurtagi bor 4 ta qush qoʻnadi. Boshqa bir rivoyatda esa, ziyoratgoh Urgut hududlarini qoʻlga kiritgan arab sarkardasi Xoja Abu Tolib nomi bilan bogʻlanadi. Savol: Ziyoratgoh nomini yozib bering.