Bu yozuvchi va shoir oʻzining Massachusetts shtatida joylashgan Errouxed shahridagi uyini juda yoqtirgan. Unga ayniqsa uyidagi kamin yonida oʻtirish oʻzgacha huzur bagʻishlardi va u hatto bu haqida "Men va kamin" nomli hikoya ham yozadi. Bu insonning uyidagi kabineti derazasidan Massachusetts shtatidagi eng baland oq togʻ - Greylok koʻrinib turgan. Versiyalardan biriga koʻra, aynan shu togʻ unga kelajakda oʻzining eng mashhur klassik asarini yozishda ilhom bagʻishlagan ekan. Diqqat savol: Siz bu insonni emas, uning oʻsha mashhur asari nomini yozib bering.