zakovatklubi.uz

Bu soʻz lotincha "contra"- "qarshi", "motio"- "harakat" maʼnolarini bildirib, vaqt boʻylab teskari yoʻnalishdagi harakatni anglatuvchi tushuncha. "Mahfiy xujjatlar" ("X-files") seriali 8-faslidagi epizodlardan birida ushbu harakat asosiy mavzu sifatida tanlangan. Seriya boshida xotinining qotilligida ayblangan Redrum ismli qahramon otib tashlanadi, biroq u oldingi payshanba kunida uygʻonadi. Butun kunni yashab boʻlgach esa, chorshanba tongida uygʻonadi va hayoti shu tarzda davom eta boshlaydi. Shu tariqa u xotinining qotilligini oldini olishga muvaffaq boʻladi va 1965-yilda yozilgan roman qahramonining hayotini takrorlaydi. Savol: Ushbu roman nomini yozib bering.

Manba