Bu savolni keyinroq berishimiz mantiqiyroq edi, ammo nachora! Masaru Ibukaning kitobida shunday deyiladi: Zamonaviy tadqiqotlarga koʻra, hayotning dastlabki yillarida bosh miyadagi hujayralarning 70-80 foizi rivojlanib boʻladi. Biz oʻz xatti-harakatimizni shu davrdagi bolalarning miyasini erta rivojlantirishga yoʻnaltirishimiz zarur. Ibukaning kitobi nomida BU SOʻZNI koʻrish mumkin. Buni qarangki, oʻzbek xalqi tomonidan ishlatadigan bir gapda ham BU SOʻZ yakuniy miqdor boʻlib kelishini koʻp eshitganmiz. Bu bir boʻgʻinli soʻzni yozib bering.