zakovatklubi.uz

Bu savol bizning zahira savolimiz boʻlishi mumkin edi, ammo savolimiz blits boʻlganligi uchun oʻyinga kiritdik. Bu film 2011-yilda yaratilgan AQSH dramatik filmi boʻlib, bosh rolni Adrien Brody oʻynagan. Unda Adrien ingliz tili oʻqituvchisi oʻrniga kam taʼminlangan oʻquvchilarga dars beradi. Diqqat savol: bu qaysi film? || 2) Bu kinoasar 1990-yilda Eng yaxshi ssenariy uchun Oskar mukofotini qabul qilib oladi. Asosiy rolni Robin Uilyams yaratgan ushbu kino tarix oʻqituvchisining xususiyatlarini koʻrsatib beradi. Diqqat savol: bu qaysi film? || 3) Bosh rolni Metyu Perry oʻynagan bu film 2006-yilda AQSHda chiqarilgan. Unda oʻzining innovatsion dars oʻtish usullari orqali tanilgan oʻqituvchi Nyu-Yorkdagi sharoiti ogʻir maktabda ish boshlaydi. Randa Hays rejissorlik qilgan ushbu filmning nomi bosh qahramo ismi bilan bir xil. Diqqat savol: bu qaysi film?

Manba