Bu qadimgi ogʻirlik birligi har joyda har xil ishlatilgan. Namangan, Qoʻqon va Fargʻonada 26.6 grammga, Toshkentda esa 32.2 grammga teng boʻlgan. Ayni damda bu ogʻirlik birligi Hindiston va Nepal davlatlaridagi pul birligi hisoblanib, oʻsha davlat rupiyalarining 1/100 (bir taqsim yuz) qismiga teng. Savol: Bu ogʻirlik oʻlchov birligini unli harflari bir xil boʻlgan bir soʻzda yozib bering.