Bu mahsulot Italiyada 1969-yilda Mishel Ferrero tomonidan oʻylab topilgan boʻlib, dastlab “Tetiklantiruvchi yalpiz” nomi bilan atalgan. Keyingi yil, 1970 yilda, bu mahsulot nomi mahsulotni CHAYQALGANDA CHIQARADIGAN OʻZIGA XOS OVOZI tufayli hozirgi nomiga oʻzgartirilgan. 1990 yilda "Uyda yolgʻiz" filmida Santa Klaus yonida sovgʻasi boʻlmagani uchun bosh qahramonga sovgʻa oʻrnida ushbu mahsulotdan 3 dona berganini koʻrishimiz mumkin. Diqqat savol: Ushbu mahsulotning nomini bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki soʻzda yozib bering.