Bu gʻor sarguzasht izlovchi turistlarning eng sevimli joylaridan biriga aylangan. Dengiz sathidan 4 ming metr balandlikda joylashgan gʻorni haqiqiy dam olish markaziga aylantirish rejalashtirilgan. Yaqin hududlarda faqat restoran va mehmonxonalar qurish uchun 10 million dollar ajratilgan. Hudud gubernatori esa bergan intervyularida mehmonlar xavfsizligiga toʻliq kafolat berilishini iddao qiladi. Shunga qaramay, bir muddat avval u yerda ikki jurnalistning qatl etilishi vaziyat unchalik yaxshi emasligini koʻrsatdi. Siz esa ham gʻorning, ham uning eng mashhur sakinining nomini javob kartangizga yozing.