zakovatklubi.uz

Bu kunda insoniyat tarixidagi juda koʻp muhim voqealar sodir boʻlganligi haqida manbalarda bayon qilingan. Jumladan, vatandoshimiz Abu Lays Samarqandiy rahmatullohi alayh oʻzlarining «Tanbihul gʻofilin» nomli kitoblarida Ikrima roziyallohu anhudan rivoyat qilib aytadilar: «Ushbu kuni Odam alayhissalomning tavbalari qabul qilingan, Nuh alayhissalom kemadan tushib, buning shukronasiga roʻza tutgan, Firʼavn gʻarq etilib, Bani Isroilga dengiz yorilgan va shuning uchun ular roʻza tutgan kundir. Sen ham oʻsha kuni roʻza tutishga qodir boʻlsang, albatta tutgin». Shuningdek, bu kun lugʻatda «oʻninchi» degan maʼnoni bildiradi. Diqqat savol: bu kun qaysi kunligini aniq ayting.

Manba