Bu kitobning asosiy gʻoyasi — ijtimoiy darvinizm: shaxslar ham, millatlar ham davom etayotgan yashash uchun kurashning subyektlaridir. Ahloq — ahmoqlik, ustunlik esa kuchda, Asarda yana genotsidlar haqida ham gap boradi. Bu kitob zerikarli va vaysaqiroq boʻlishiga qaramasdan oʻtgan asrning 30-yillarida oʻta mashhur boʻlib ketdi. Uning umumiy tiraji 5.2 milliondan oshib, qalam haqqi muallifga ancha boylik ham keltirgan. Diqqat, savol! Ushbu kitob muallifining oʻsmirlikdagi orzusi qaysi kasbni egallash boʻlgan?