Bu inson butkul Stalincha qarashlarga ega boʻlgani sabab “Sovuq urush” davrida “xalqlar otasi”ning gʻoyalariga xiyonat qilgan SSSR bilan ham, Xitoy bilan ham aloqalarini uzadi. U Albaniyada oʻz kommunizmini rivojlantirishga kirishadi: 1967-yildan boshlab mamlakat aholisiga hashamatli buyumlar, shahar tashqarisidan uylar, shaxsiy avtomobil va hatto magnitofonlar xarid qilish taqiqlanadi. Savol:1908-yil Usmonlilar imperiyasi tasarrufida boʻlgan Girokastra shahrida dunyoga kelgan bu inson kim?