Bu guruh 2009-yilda Tayler Jozef va Josh Dan tomonidan tashkil qilingan. Ushbu guruhni bunday nomlash gʻoyasi Taylerga tegishli boʻlib, u bu nomni Artur Miller qalamiga mansub "Mening barcha oʻgʻillarim" nomli pyesasini oʻqish paytida oʻylab topadi. Pyesa Ikkinchi jahon urushi davrida biznesi va oilasi uchun harbiy kuchlarga nosoz ehtiyot qismlarini sotib, 21 nafar uchuvchining oʻlimiga sabab boʻlgan inson haqida. Savol: Ushbu mashhur guruhning nomini yozib bering.