Bu gʻoyani amalga oshirish uchun baʼzi korxonalar uy chegarasi buzilganda it vovullashini qoʻyib beruvchi moslamalar chiqarishadi. Yaponlar pardalarga qimirlab turuvchi soya soluvchi moslama oʻylab topganlar. Nemislarda televizor kanallarini oʻzgartiruvchi maxsus moslama bor. Bu gʻoya bilan koʻpchiligimiz 1990-yilda chiqqan filmda tanishganmiz. Baʼzilar ushbu filmni har yili kamida bir marta koʻradi. Savol: Ushbu film nomini toping.