“Bu asar” ilk bor 1975-yil 4-sentyabrda paydo boʻlgan. Lekin odamlar Uning muallifi kimligini bilishmagan. Chunki, muallifning janjalga sababga boshqa “asari” tufayli uning nomini oshkor etish taʼqiqlangan edi. Shuning uchun, hanuzgacha “bu asar” muallifini tasavvur qilolmaymiz. Faqatgina, oradan 5 yil oʻtib – aniqrogʻi 1980-yilning 23-apreliga kelibgina bu sir ochiladi. Shunda ham nomini xolos, oʻzini esa 1986-yilda ilk bor koʻrishga muyassar boʻlishgan. 2001-yildan esa “asar”ning davomi – ikkinchi kitobi chiqa boshlaydi. Afsuski, “asar” muallifi ham oʻzgaradi. Qizigʻi, bu muallifning ham kimligi uzoq vaqt hammadan sir saqlanadi. Buni qaranki, uning ham nomi oradan 5 yil oʻtib – 2006-yildagina aniq boʻladi. Diqqat savol: gap qaysi “asar” haqida ketayotganini topgan boʻlsangiz, uning ikkala muallifini aniq yozib bering.