Bu adabiy personaj oʻrta boʻyli, tuxumsimon boshli va noodatiy hamda eʼtibor bilan parvarishlangan moʻylovga ega kishi. Uning aqli chegara bilmaydi, uyidan chiqmay turib ham eng murakkab va chalkash jinoyatlar sirini ochishga qodir. Uning ilk ishi “Staylzdagi sirli hodisa” asaridan boshlanadi. Keyinchalik 32 roman va 56 hikoyaning bosh qahramoniga aylanadi. Savol: Bu qaysi adabiy personaj?