zakovatklubi.uz

Bryus Uils bosh rolni ijro etgan “Oltinchi hissiyot” filmi ilk epizodlaridan birida bosh qahramon toʻpponchadan yaralanadigan saxna mavjud. Voqealar rivoji Koul ismli bolakayning koʻziga turli arvohlar koʻrinishi va uning bundan aziyat chekayotgani atrofida qurilgan. Bosh qahramon psixolog Malkom film oxiriga kelib, bolakayni unga koʻrinayotgan arvohlar aslida notinch ruhlar, oʻlimlari sirini ochishda ularga bolakayning yordami kerakligiga ishontira oladi. Kinotahlilchilarning fikricha bolakaydagi bu ruhiy chigalliklar filmdagi oʻziga xos ALFAga misol boʻla oladi. ALFA haqidagi Wikipedia sahifasida Chexov miltigʻiga ham havola bor. Diqqat savol: ALFA ni ikki yoki uch soʻzda yozib bering.

Manba