Britaniyalik tarixchi Jeffri Hosking oʻtgan asrning 30-40-yillarida sovet adabiyotining achinarli holati, Yozuvchilar uyushmasining adiblar faoliyatini nazorat qilishi, koʻplab yozuvchilar asarlarining urush, chekist va militsionerlarga bagʻishlanishini tasvirlaydi va “adabiy byurokratlar” bilan oʻquvchilar didi mos kelishi haqida xulosaga keladi. “Lekin qiyinchilik shunda ediki, bu tuzilmaga rozi boʻlmagan yozuvchilar bor edi. Aslida eng yaxshilari aynan oʻshalar edi. Baʼzilari, UNING kabi ishonardilarki, ... ... va hech narsaga qaramay yozardilar; ular kelajak avlodlar ularning asarlarini oʻqishini bilardilar”. Tushirib qoldirilgan soʻzlarni tiklang.