Britaniyada qonun loyihasi Jamoalar palatasida muhokama qilingandan soʻng Lordlar palatasiga yuboriladi. Agar Lordlar palatasini qoniqtirmaydigan jihat boʻlsa, loyiha yana Jamoalar palatasiga qaytariladi va u koʻrib chiqqach, yana Lordlar palatasiga yuboriladi. X deb ataladigan ushbu jarayon har ikki palataning toʻliq roziligi olinguncha davom etadi. Nomida X boʻlgan bir maqolada “Forest Gamp” filmi eslanadi. X bilan almashtirilgan, defis bilan yoziladigan soʻzni ayting.