Breaking Bad seriali bosh qahramoni Saratonga chalinganini bilgach, oʻlganidan keyin oilasiga koʻp pul qoldirishni MAQSAD qiladi va koʻplab jinoyatlarga qoʻl uradi. Qahramon yaqinlariga bu ishlarni oilasi uchun qilayotganini koʻp marta taʼkidlab, oʻzini OQLAMOQchi boʻladi. Savol muallifi serial koʻrish davomida 1469-yilda tugʻilgan insonning mashhur gapini eslab oʻtadi.Savol: Kimning?