zakovatklubi.uz

Botir Zokirovni 1961-yilda "Oʻzbekfilm" tomonidan ishlangan "Layli va Majnun" badiiy filmida Majnun rolini oʻynash uchun sinovga taklif qilishadi. U sinovdan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng, doʻstiga quvonib shunday deydi: “Majnunni Navoiy bobomiz qanday yozgan boʻlsalar, shunday oʻynayman. Oʻzbek kinochilari filmni Nizomiyning "Layli va Majnun"i asosida ishlashmoqchi. Lekin men Navoiy yaratgan Majnunni afzal koʻraman. Shu bois biror soʻz yoki harakatda sohtalik boʻlmasligi kerak”. Diqqat savol: Savol matnida bir soʻz boshqasiga almashtirilgan, oʻsha almashtirilgan soʻzni yozib bering.

Manba