[Boshlovchiga eslatma: savol, javob va izohni oldindan oʻqib oling. Savolni oʻqish payti oʻrningizdan turib, stoldan oldinga chiqib, yaqin oʻtirgan jamoalarning biror sizga tanish azosi bilan quvnoqroq ohangda quyida keltirilgan ssenariydagidek qisqa muloqot qiling. Muloqotni mahalliy shevada olib borsangiz ham boʻladi. Savolni oʻqib boʻlgach boshlovchi joyiga oʻtirib davom ettiraveradi.] Yana bir bor Assalomu alaykum hammaga. Savollar yoqmoqdami? [Ixtiyoriy bilimdonga yuzlangan holda] Siz nima deysiz Palonchi? Yomon ketmayapsilarku, nolishingizni qarang :). Savolga oʻtamiz: Ushbu termin ilk bor 1917-yilda Yorkshir Evening gazetasining “SAHNA mishmishlari” rubrikasida qoʻllangan boʻlib, bu maqolada Finli Dann ismli yumorist haqida yozilgan. Diqqat savol: ushbu oʻzbekcha boʻlmagan terminni toping. [Boshlovchi joyiga oʻtirishi mumkin]