Bloomberg nashrining 31-avgust sanasida chiqqan bir maqolasi Buyuk Britaniyaga qarashli Karib dengizida joylashgan Anguilla orolining bir yoʻnalish boʻyicha daromadi 2023-yil uchun taxmin qilinganiga nisbatan 3-4 baravarga oshib ketgani haqida xabar qiladi. Anguilla uchun ushbu sohani 10lab yillardan buyon boshqarib kelayotgan Vins Keytning taʼrifi bilan aytganda “2022-yil 30-noyabrdan buyon bu yerda ishlar juda boshqacha”. Virginia Universiteti professori va kompyuterlar tarixchisi Mar Hiks bu haqida fikr bildirar ekan oltin vasvasasi ni ham eslab oʻtdi. Savol, Anguilla orolining ushbu xazinasini bizga 3 belgi bilan ayting. Javob: Izoh: