zakovatklubi.uz

(Blitsning 1-savoli 2 marta qaytarib oʻqilsin) ( Savolda BOʻSHLIQ soʻzi boshqa bir soʻzni almashtirib keladi.) Bristol koʻrfazidagi Buyuk Britaniyaga tegishli eng katta orol nomi BOʻSHLIQ. Maʼmuriy jihatdan Angliyaning Devon grafligiga tegishli. Fransiyada esa bir konyak brendi nomi ham BOʻSHLIQ Savol: BOʻSHLIQ bilan almashtirilgan soʻzni yozib bering! || XIX-XX asrlarda Britaniya Imperiyasi va Rossiya Imperiyasi oʻrtasidagi Markaziy Osiyoni egallab olish uchun geosiyosiy raqobat SHUNDAY nomlangan. Uning ikkinchi nomi soyalar urushi. Piter Hopkirkning ikki imperiya toʻqnashuvi haqida yozgan kitobi nomi ham SHUNDAY. Savol: SHUNDAY soʻzi oʻrnidagi 2 soʻzni yozib bering! || Solih maxdum bu kun odatdan tashqari yechilib ketdi… (Mehrobdan chayon) Zirillama guzaridan sal nari oʻtib chap tarafga tor koʻcha ketadi…(Ufq) Yaqin ikki haftadan beri koʻz ochirmayotgan kuzak shamoli yaydoq daraxtlar shoxida chiyillaydi… (Dahshat) Yuqorida siz tinglaganingiz bir nechta asarlarning … (uch nuqta). Savol: Uch nuqta oʻrnidagi bir soʻzni yozib bering!

Manba