Blitskrig» strategiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi Uchinchi reyxni gʻalaba qozonish oson boʻlmasligiga ishontirgan. Shundan keyin Gitler front va mehnat lagerlariga yuborilgan 4 mingga yaqin injener, texnik va boshqa soha olimlarini yangi qurollar ixtiro qilish uchun chaqirtirib oladi. Aytishlaricha, bu olimlar roʻyxati keyinchalik amerikaliklar qoʻliga kelib tushgan va urushdan keyin ular roʻyxat boʻyicha olimlarni qidirib topib, Qoʻshma shtatlarga olib ketishgan. Diqqat savol: Bu maxsus operasiyaga amerikaliklar qanday maxfiy nom berishganini yozib bering