zakovatklubi.uz

BLITS [Uchta savol. Oʻylash uchun 20 soniyadan muhlat. Uchala toʻgʻri javob uchun bir bal beriladi] “Smeshariki” multseriali ijodkorlari mashhur filmlarga allyuziyalar qilishni hush koʻradilar. Seriya nomlarini mashhur filmlar nomlari bilan bir xil yoki biroz oʻzgartirib nomlash, sahnalarda mashhur film sahnalarini yoki dialoglarini takrorlash kabilar shular jumlasidandir. Blits savollari multfilmdagi epizodik allyuziyalar haqida. 1) Ushbu sahna seriyaning “Maxfiy jamiyat” qismidan olingan boʻlib, 1967-yilgi film sahnalaridan biriga allyuziya hisoblanadi. Savol: Film nomini ikkita soʻzi bir xil harfdan boshlanuvchi uchta soʻz bilan yozib bering. || “Yangi yil pochtasi” nomli seriyadagi ushbu lavha 1975-yilgi filmga allyuziya hisoblanadi. Savol: Film nomini yozib bering. || “Maxfiy tashkilot” seriyasidagi ushbu sahna esa 1970-yillar boshlarida yaratilgan ijod mahsuliga allyuziya hisoblanadi. Savol: Ushbu ijod mahsuli nomini yozib bering.

Manba