zakovatklubi.uz

Blits. Savollar mavzusi Qatarda boʻlip oʻtadigan U-23 Osiyo chempionatida qatnashuvchi davlatlar. Jorjtaun Penang shtatining markazi hisoblanadi, u ozining kochada tayyorlanadigan taomlari bilan nafaqat Osiyoda, balki butun dunyoda mashhurdir. Diqqat savol: Gap qaysi davlat haqida ketmoqda. || Bu davlat 1990-yil Iroq tomonidan bosib olinadi va Iroqning 19-provinsiyasi deb eʼlon qilinadi. Savol: Biz sizdan undan keyin AQSh tomonidan uyushtirilgan operaciya nomini emas, gap qaysi davlat haqida ketayotganini ayting. || Bu davlat nomining ildizi xitoycha “yuenan” degan soʻzga borib taqaladi. Xitoylar bu xalqni “yue”, janubni esa “nan” deb ataganlar. Diqqat savol: Bu davlatni yozib bering

Manba