zakovatklubi.uz

: Blits. Mavzu: Kechikish va unga yechimlar 1-savol: Ishonamanki, 1-savolni jamoalarning yarmi yoki undan koʻp qismi topa oladi. Kechikuvchilar SHUNDAY boʻlishadi. Oʻylashadiki, yoʻlda ketayotganda qizil chiroqqa tushishmaydi, tirbandlikka duch kelishmaydi. Savol: SHUNDAY soʻzi oʻrnidagi kelib chiqishi lotincha boʻlgan soʻzni yozib bering. || 2-savol: 0 soniya deyilguncha javob varaqasini koʻtarib turing, aks holda javobingiz olinmaydi. Jamoangizda bizga bildirmasdan javob varaqasini qoʻyib keta oladiganlar yoʻqdir axir. Kechikuvchilar oʻzlarini U deb oʻylashadi. Uydan chiqish uchun ketadigan vaqtni hisobga olmay, belgilangan joyga bir zumda yetib olishni xayol qilishsa kerak. “U” ilmiy-fantastik janrdagi “Jumper” (jamper) – “Sakrovchi” asari asosida suratga olingan film nomi. Savol: U oʻrnidagi soʻzni yunoncha-lotincha qoʻshma soʻz bilan yozib bering. || Ushbu savolni topish uchun berilgan 20-soniyada emas, teskari sanoq paytidagi 1-soniya aytilguncha imkoningiz bor. Kechikishga qarshi kurashning eng yaxshi yoʻllaridan biri - ULAR ekan. ULAR aniq boʻlsa, kechikuvchilarning samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlarkan. Savol: U oʻrnidagi soʻzni inglizcha soʻz bilan yozib bering.

Manba