Blits: 1. UMID qilamanki, bu savolni oson topa olasiz. Olx.uz platformasida berilgan maʼlumotga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekistonda uning narxi 20 million soʻmdan 56 million soʻmgacha. U Polsha, Ruminiya, Rossiyada ham ishlab chiqarilgan. Uni bir soʻz bilan yozib bering. 2. Ishonchim KOMILKI, bu savolni ham topasiz. U 2010-yildan oʻz faoliyatini boshladi. Uning mashhur boʻlishiga “Qizaloq” sababchi boʻlgan. 2012 yildan boshlab u oʻz nomiga mos kelmay qoldi. Uni bir soʻz bilan yozib bering. 3. BIRINCHI va IKKINCHI savolni topgan boʻlsangiz, UCHINICHI savolni ham oson topa olasiz. 2006-yilda suratga olingan bu film haqida Kinopoisk.ru sayti quyidagi taʼrifni beradi: “2054-yil. Parij labirintga aylandi, unda har bir qadam kuzatiladi va plyonkaga yozib olinadi”. Diqqat savol, film nomini bir soʻzda yozib bering.