zakovatklubi.uz

. Blits. 1) Biz sizdan soʻramoqchi boʻlgan birinchi atama lotinchadan kelib chiqqan boʻlib, “tushunchalar sistemasi” deb tarjima qilinadi. Biz bugungi oʻyinda birinchi boʻlishini reja qilmaganmiz. Diqqat savol: Ushbu birinchi atamani yozib bering. 2) Biz sizdan soʻramoqchi boʻlgan ikkinchi atama yunonchadan kelib chiqqan boʻlib, uning tarkibida “joy almashtirish” maʼnosini beruvchi soʻzni uchratish mumkin. Bugungi oʻyinda ikkinchilarni uchratgan boʻlsangiz – bu tasodifdir. Diqqat savol: Ushbu ikkinchi atamani yozib bering. 3) Biz sizdan soʻramoqchi boʻlgan uchinchi soʻz xam yunonchadan kelib chiqqan. U aslida prefiks xisoblanib tarjimasi “keyin”, “ketidan keluvchi” kabi maʼnolarni beradi. Bugungi oʻyinda uchinchinilardan bir nechta uchratishingiz mumkin edi. Diqqat savol: Ushbu uchinchi soʻzni yozib bering.

Manba