. Blits: 1. Anatidaefobiya - eng kulgili va gʻalati qoʻrquvlardan biri boʻlib, bu fobiya bilan ogʻriydiganlarning nazarida har doim ularni IKS kuzatib yuradi. Qayerda boʻlsa ham IKS ularni koʻrib turadi. Savol: IKS nima? || 2. IGREKka bagʻishlangan maqola "Albatta, siz "SSSRda yaxshiroq edi" degan iborani eshitgansiz" jumlasi bilan boshlanadi. IGREK atamasini fanga avstriyalik zoolog Konrad Lorens kiritgan Savol: IGREK oʻrnidagi ikki soʻzni toping. || 3. 1835-yil New York nashrlaridan biri Oyda oʻsimlik topilgani haqida shov-shuvli xabar tarqatadi. Ammo bu xabar ZED edi. ZED iborasi belgiyalik Robert Kornelisse maqolasi tufayli mashhur boʻlib ketgan. Savol: ZED deganda qaysi idioma nazarda tutilmoqda?
Oʻrdak || Oʻrdak sindromi yoki Oʻrdak effekti || Gazetadagi oʻrdak (Qabul: Gazetnaya utka, Gazeta oʻrdagi yoki oʻrdak xabar)