zakovatklubi.uz

Blis kompaniyaning asoschisi 2011 yil 7 iyun sanasida shaxar xokimiyatiga bino loyixasini taqdim etadi, ammo loyixa tasdiqlanishini koʻrib ulgurmaydi. Diqqat savol: ushbu binoda joylashgan kompaniyani toping. 2. 2018 yilgi maʼlumotga koʻra, 1831-yilda qirol Lui-Filipp 1 asos solgan ushbu tashkilotda hizmat qilayotganlarning 40 foizini bolqonliklar, 20 foizini arablar va afrikaliklar, 16 foizini osiyoliklar va 14 foizini janubiy amerikaliklar tashkil qilgan. Diqqat savol: Bu qaysi tashkilot. 3. 2022 yil mavsumida ishtirok etayotgan Moskva aviasiya institutining KVN jamoasi hazillari muhandislarning oddiy odamlarga oʻxshamagan hayot tarzi, tashqi koʻrinishi haqidagi kulgi asosiga qurilgan. Jamoa finaldagi musiqiy chiqishlarini yakunlagach «Hamma, bizga ishonmaganlar! Endi BU IShNI QILINGLAR» degan iborani aytadi. Aslida BU ISh Sobiq Ittifoq davlatlarida keng tarqalgan va uyatli deb hisoblansada, birinchi boʻlib AQShda 1948 yilda boʻlgan deyishadi. Diqqat savol: Qaysi ish haqida gap ketayotganini toping.

Manba