“Biz” nomli antiutopiya asarini yozish uchun mashhur rus yozuvchisi Yevgeniy Zamyatinni qaysidir maʼnoda ushbu voqea ilhomlantirgan. Koʻz oldida boʻlayotgan zoʻravonliklar, xoʻrliklar, huquqsizlik kabilar muallifni beeʼtibor qoldirmagan. Oʻz mamlakatida senzuraga uchragan ushbu asar yillar oʻtib germaniyada bosmaxonadan chiqqan. Diqqat savol: asar yaratilishiga va asarning senzuraga uchrashiga bundan tashqari Germaniyada “Bavariya sovet respublikasi” tashkil etilishiga sabab boʻlgan, oʻzimizning eski hisob boʻyicha “oʻrim” paytida sodir boʻlgan oʻsha voqeani 2 soʻzda yozib bering?