Biz blitsning birinchi yoki ikkinchi savolidan qaysinisi yoqqanini soʻrab sizni qiyin ahvolga tushirmoqchi emasmiz. Aforizmga koʻra, X siz boshqalardan eshitishni xohlamaydigan lekin siz boshqalarga jon deb ayta oladigan narsa ekan Savol: X nima ekanligini yozib bering. || Servantesning fikrichia, Y beparvolik bilan chegaradosh boʻlib, chidamlilikdan koʻra koʻproq jinnilikni oʻz ichiga oladi. Islom Karimov “Yuksak maʼnaviyat - yengilmas kuch” asarida Yning boshqa bir turi haqida yozib, Ozod Sharofutdinov, Zulfiya va Yaxyo Gʻulomovlarni unga misol qilib koʻrsatadi. Savol: Y nima ekanligini yozib bering. || Ushbu termin 2 ta bir xil darajadagi yomon tanlov orasida qolishga nisbatan qoʻllaniladi. Bir koʻrsatuvda ishtirokchilarga oldingi savollardagi X va Yni taqdim etilishini ham ushbu terminga misol qilib koʻrsatish mumkin. Savol: ushbu terminni 2 soʻzda yozib bering.