BIRINCHI TUR, TOʻRTINCHI SAVOL! Manbalarda keltirilishicha, kunlardan birida Xoja Bahouddin Naqshband hazratlari bir joyga ziyoratga boradi. Ziyoratning 40-kunida Hazrat yonida oppoq ot mingan suvoriy paydo boʻladi va Hazratning yoniga kelib, otdan tushadi, ikkovlon ancha suhbat qurgach, suvoriy yana otga minadi va koʻzdan gʻoyib boʻladi. Hazrat muridlardan “U kim edi?” deb soʻrab, bu otliq U inson ekanligini biladi, holbuki bu paytda U insonning shahid qilinganiga salkam yetti asr boʻlgandi. Diqqat savol: Xoja Bahouddin Naqshband qayerda ziyoratda boʻlgan edi? VAQT KETDI!!!