BIRINCHI TUR, IKKINCHI SAVOL! KEYINGI SAVOLGA TARQATMA MATERIAL BOR! [Mels soʻzi aniq va tiniq talaffuz qilinishi lozim] “Tushda kechgan umrlar” asarida uchiga chiqqan kommunist Komissar Gʻaniyev obrazi mavjud. U har doim oʻzi bilan qurol olib yurgani boisidanmi katta oʻgʻliga Mauzer deb ism qoʻyadi. Diqqat savol: U nima sababdan ikkinchi oʻgliga Mels nomini bergan?
Javob: Mels – Marks, Engels, Lenin va Stalin ismlarining bosh harflari