BIRINCHI TUR, BIRINCHI SAVOL! Oʻzbek tilining izohli lugʻatida biror ishning uddasidan chiqmoq, ilojini topmoq soʻzlariga sinonim sifatida ishlatiladigan jumlada SHU SOʻZ ham mavjud. Xuddi shu mazmundagi maqolda esa, SHU SOʻZ ni topish orqali tabiat hodisalaridan biriga sababchi boʻlish ham mumkinligi aytiladi. Diqqat savol: Shu soʻzni yozib bering! VAQT KETDI!!!
Javob: Qalov Izoh: Gap “Qalovini topmoq” jumlasi haqida edi. Maqolda esa “Qalovini topsang qor ham yogʻadi” deyiladi. Bugungi jamoalarga savollarning qalovini topishni va faqatgina toʻgʻri javobga ega boʻlishni tlab qolamiz.