Bir xalq ogʻzaki ijodida aytilishicha, kunlarning birida Samarqanddagi mashhur mahalliy shaxmatchilar oldiga darveshona kiyingan bir inson kirib keladi. Avvaliga hech kim uni mensimaydi, biroq, ushbu inson bu yerdagi manaman degan shaxmatchilarni birin-ketin yenga boshlaydi. Hammani yutib boʻlganida bir savdogar Samarqandda bu darveshga yengilmaydigan birgina inson qolganini aytadi. Savol: Savdogar yengilmaydi deya qaysi insonning ismini tilga oladi?