Bir sharq ertagida podshoh va uning vaziri hayvonga aylanib, jonivorlar nima haqda gaplashayotgani bilan qiziqishadi. Inson qiyofasiga qaytish uchun aytish kerak boʻlgan soʻzni unutib qoʻygani sabab bir muddat asliga qaytolmay qiynalishadi. Eslarida boʻlganida ham ular aylanib qolgan oq turi qorasidan farqli ravishda tabiatan ovoz chiqarib sayray olmaydi, faqat tumshugʻini taqillatib ovoz chiqaradi. Ertak qahramonlari nimaga aylanib qolishganini aniq yozib bering.