Bir asarning yosh qahramoni turli jamiyatlardan kelgan oila aʼzolari oʻz qarashlarini uning miyasiga singdirishga urinishlari haqida gapirar ekan, oʻz miyasini IKSga oʻxshatadi. “Borussiya Dortmund”ning Klublararo jahon chempionati uchun tayyorlangan formasida ham IKSni koʻrishimiz mumkin. IKSni ikkinchi turdagi aniqlovchi birikma bilan javob kartangizga yozing.