Bir necha yillar oldin, Toshkent Metropolitenida Wi-Fi oʻrnatila boshlandi. Bundan maqsad albatta, yoʻlovchilarga qulaylik yaratish edi. Xohlagan odam ushbu Wi-Fi dan tekinga foydalanishi mumkin edi. Faqatgina roʻyxatdan oʻtsa boʻlgani. Roʻyxatdan oʻtish uchun esa X talab etilar edi. Aynan shu sababli, dastlabki paytlarda koʻpchilik yoʻlovchilar ushbu tekin Wi-Fi lardan foydalana olishmasdi. Savol: X ni abbreviatura ishlatgan holda yozib bering!