Bir maqolada Afrikani U qutqarganligi aytib oʻtilarkan, undan asosiy vazifasidan tashqari oziq-ovqat, kiyim-kechak, sovundan tortib dori darmongacha, hattoki ayollar pardoz vositalari sifatida foydalanish mumkinligi aytilgan. Uning yoshini taxmin qilish juda qiyinligi yozilib, bunga oʻz turdoshlaridan farq qilishi asos qilib koʻrsatilgan. Yordam sifatida shuni ayta olamanki, Uni Senegal yoki Markaziy Afrika Respublikasi gerbida koʻrishimiz mumkin. Savol: U nimaligini yozib bering.