Bir maqolada yozilishicha, ba’zi kompyuter viruslari oldindan belgilangan aniq sanalarda ishga tushib, zararlangan kompyuterlarni ishdan chiqaradi. Bunday viruslardan vaqtida xabardor bo‘lish uchun yirik kompaniyalar kompyuterlaridan birining taqvimini taxminan bir hafta oldinga surib qo‘yishadi. Maqolada ushbu kompyuterlar X bilan qiyoslanadi. X bilan almashtirilgan so‘zlarni yozing.