Bir manbada Janubiy Amerikalik shoir dunyodagi ochlikning oldini olish uchun kutilmagan, ammo juda oddiy yechim borligini aytadi. U har bir kishi oʻz hovlisiga bitta oʻsimlik ekishi bilan bu muammo hal boʻlishini aytadi va bu fikrni “Tushirib qoldirilgan ikki soʻz” deb ataydi. Tushirib qoldirilgan ikki soʻzni, biri xususiy ism boʻlgan va bir xil harf bilan boshlanadigan 2 ta soʻz bilan javob varaqangizga yozing.