Bir komiks personajining Trinitron rusumidagi televizori buzilib qoladi. Soʻngra u jurnal oʻqishni boshlaydi, kutubxonaga qatnaydi, volontyorlik harakatida ishtirok etib bir qizni yoqtirib qoladi, va hatto novella yozishga kirishadi. Biroq televizor sozlangach yana kunini seriallar koʻrish bilan oʻtkazadi. Komiks nomida XX asr ikkinchi yarmida yaratilgan asarga allyuziya qilingan. Savol: Ushbu asar muallifini yozib bering.