Bir intervyuda bu kasb egalari oʻzlarini minali hududda aylanib yurgan odamlarga oʻxshatadi. Sir tutish qoidasini buzishlari bilan kelajaklariga putur yetishini taʼkidlaydi. Shuningdek, baʼzida turli yozgan qaydlari, bloknotlarini ham shrederdan oʻtkazishga toʻgʻri kelishini aytishadi. Kovid pandemiyasi paytida Yevropa Ittifoqi idoralaridagi 1200 dan ziyod bu kasb vakillari ishsiz qolgan. Diqqat savol: bu qaysi kasb vakillari?