Bir internet memida USHBU nazariya tarafdorlarining paradoksal ravishda “We have supporters all around the globe” deb yozganlarini koʻrishimiz mumkin. USHBU nazariya haqidagi bir maqolada boʻynigacha suvga kirib, teleskop bilan uzoqlashayotgan kemani kuzatayotgan odam ham eslanadi. Gap qaysi nazariya haqida ketayotganini toping.