Bir filmda maxsus xizmat xodimlari kod nomi sifatida davra suhbati ritsarlarining ismlaridan foydalanadilar. Final sahnalaridan birida yopiq eshikni ochish uchun yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan yordamchisidan yordam olgan qahramon xursand boʻlib: “Maslahatchi, sen haqiqiy kimyogarsan”, deydi. Siz esa “Maslahatchi” va “Kimyogar” bilan almashtirilgan, bir xil harf bilan boshlanadigan soʻzlarni javob kartasiga yozing. Soʻzlardan biri atoqli ot ekanligini hisobga oling.