Bilamizki Mozori-Sharif shahrida Hazrat Alining qabrlari bor (ayrim manbalarga koʻra Iroqda). Bu joyni “Moviy masjid” deb atashadi. Masjid haqiqatda moviy rangli boʻlib, jabhalari quyoshda porlaydigan minglab plitalar bilan bezatilgan. Plitalar doimiy ravishda oʻzgartiriladi, deyarli har kuni. Bunga birinchi sabab kimyoviy jarayonlar, elementlarning oʻzaro taʼsiri va yemirilishlar hisoblanadi. Savol: ikkinchi asosiy sababni yozib bering.
Javob: ziyoratchi turistlar plita burchaklaridan sindirib, diniy yodgorlik sifatida olib ketishi sababli.