Baʼzi tarixiy manbalar koʻrsatishicha Turk xoqonligidan oldinroq hukmronlik qilgan Eftalitlarda PODA boʻlganligi aytiladi. Eng qadimgi davr odamlari hayoti haqida gapiradigan tarixchilar yirtqich hayvonlar koʻp boʻlgan, yashashga noqulay sharoitda qabilani saqlab qolish uchun PODA ancha yordam berganligini aytishadi. Qadimgi hind manbasiga qaralsa, hindlarda ham PODA boʻlganligini anglash mumkin. PODA ga atalgan bir rasmda bitta ta ikkinchi va bir nechta toʻrtinchini koʻrish mumkin. Biz savolda bir soʻzdan bir nechta harf tushirib qoldirdik. Harflarni oʻrniga qoʻyib, siz asl soʻzni yozib bering.